08:00 05 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Jamiyat
Havola olish
74 0 0

Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati oʻrtasida targʻib etishdan iborat.

TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, har 2 yilda bir marta sentyabr oyida Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi.

Shuningdek, festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya ham oʻtkaziladi.

Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati oʻrtasida targʻib etishdan iborat.

Asosiy mavzular