Tojikiston Suriyada ayanchli ahvolda yashayotgan fuqarolarini vataniga qaytarmoqchi

© REUTERS/StringerDeti iz Sirii poluchayut meditsinskoy pomoshi v lagere bejensev v gorode Baydji, k severu ot Bagdada
Deti iz Sirii poluchayut meditsinskoy pomoshi v lagere bejensev v gorode Baydji, k severu ot Bagdada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda Suriyadagi qochqinlar lagerlarida jangarilarning oila a’zolari bo‘lgan kamida 575 nafar xotin-qiz va bolalar bor.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Tojikiston tashqi ishlar vazirligi Suriyaning Al-Xol qochqinlar lagerida yashayotgan 34 nafardan ortiq ayollarni va ularning bolalarini o‘z vataniga qaytarmoqchi. Bu haqida O‘zA xabar qilmoqda.

Passajirskiy samolet - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Suriya va Iroqdan yana 200 dan ziyod fuqarolarini qaytarmoqchi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ayni damda Tojikistonning Kuvayt va Iroqdagi elchisi Zubaydullo Zubaydzoda Damashqda bo‘lib Suriya hukumati va qurolli muxolifat vakillari bilan uchrashgan. 

Bir necha oy oldin Suriyada og‘ir ahvolda yashayotgan ayollar o‘z qarindoshlari yordamida Tojkiiston hukumatiga murojaat qilib, ularni vatanisha qaytarishni iltimos qilishgan edi.

Tojikiston rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra ayni damda Suriyadagi qochqinlar lagerlarida bir necha yil muqaddam ID saflariga kirib qolgan jangarilarning oila a’zolari bo‘lmish kamida 575 nafar xotin-qiz va bolalar bor. Ularning taxminan 90 nafari ayollardir, 200 dan ortiq qiz va 240 dan ko‘proq o‘g‘il bola bor. Bolalarning yoshi 1 dan 17 yoshgacha. Ulardan 134 nafari so‘nggi ikki yilda tug‘ilgan. Ularning ko‘pchiligi Xasakiya viloyatida joylashgan “Al-Xol” lagerida yashamoqda. 

“Ko‘pchilik bolalarning ota-onasi yo‘q – g‘irt yetim. Bu yakuniy statistika emas, aslida Tojikiston fuqarolarining soni yanada ko‘proq bo‘lishi kerak”, deydi Tojikiston hukumatidagi manba. 

Umumiy hisobda “Al-Xol” qochqinlar lagerida kamida 70 ming kishi, ulardan taxminan 10 ming xorijlik ushlab turilibdi. Bu haqda 11-sentabr kuni BMTning Suriyaga oid hisoboti mualliflari ma’lum qilgan edi.

Biroz oldin Tojikiston rasmiylari Iroqdan ota-onasiz qolgan 84 nafar tojik bolasini vatanga qaytarish masalasida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0