12:00 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Toshkent metrosida yanada yengil nafas olish mumkin boʻladi

Iz lichnogo arxiva Dari Marku
Jamiyat
Havola olish
19910

“Transmashxolding” AJ shahar transportini rivojlantirish direktsiyasi boʻlim boshligʻi Darya Marku Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi vagonlarning xususiyatlari borasida.

Vagonlar buyurtmachining maxsus talablari asosida loyihalashtirilgan, deydi ekspert. Ular Moskva metrosida qoʻllanilayotgan amaliyot asosida ishlab chiqilgan.

“Umid qilamizki, mazkur vagonlar ham yoʻlovchilar va ham metro xodimlari uchun qulaylik yaratib, har tomonlama shinamlik hissini hosil qiladi”, - dedi Darya Marku Sputnik Oʻzbekiston bilan boʻlgan suhbati chogʻida. 

Istiqbolda, Oʻzbekistonga koʻchma sostavni ham yetkazib berishga tayyormiz. Sostavlar maxsus modifikatsiyaga ega: keng eshiklar, toʻsiqsiz ketma-ket ulangan vagonlar va yoʻlovchilarni xabardor qilishning yangi tizimi.

Ahamiyatli tarafi sostav farqli rangga ega, uning boʻyalishi Oʻzbekiston milliy bayrogʻi ranglarida bajarilgan. Shu bilan birga, ular tejamkor va ergonomik xususiyatga ega, yaʼni qoʻllanilishda samarali hamdir.

Yoʻlovchilar vagonlardagi havo haroratining meʼyoriy shakllantirilishiga ham alohida baho bera oladilar. Bunda, hudud uchun odatiy boʻlgan eng yuqori haroratlarda ham qulay muhit saqlab turish imkoniyati yaratilgan, deya soʻziga yakun yasadi D.Marku.

Ekspertning izohini toʻliq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular