12:59 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Avtomobilnaya trassa v Tashkente

Axlat tashlagan haydovchi 2,2 mln soʻmga jarimaga tortildi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
29610

Mashina oynasidan koʻchaga axlat tashlab yuborgan haydovchi EKIHning 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Toshkentda avtomobil oynasidan axlat tashlagan haydovchi 2 230 000 soʻmga jarimaga tortildi. Bu haqida “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga koʻra, voqea 29 sentyabr kuni sodir boʻlgan. Svetoforda toʻxtab turgan avtomobil oynasidan axlat koʻchaga otib yuborilganini uning orqasida turgan avtomobil videoregistratori kamerasiga tushib qolgan.

YHXBda ushbu videoga qonuniy baho berishgan va haydovchi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 147 moddasining 1 qismiga asosan (Yoʻl inshootlariga, yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish - EKIHning 10 baravari miqdorida) - 2 230 000 soʻmga jarimaga tortilgan.

Ayni damda ushbu xabar guruhda qizgʻin muhokama boʻlmoqda. Baʼzi haydovchilar ushbu vaziyatda MJKning notoʻgʻri bandi qoʻllanilgan, aslida  123-modda. (Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish) qoʻllanilishi kerak edi deyishmoqda. Ushbu bandga koʻra haydovchi EKIHning 1 baravarigacha jarimaga tortilishi mumkin. 

Lekin Feysbukda ushbu post ostiga qoldirilgan izohlarga koʻra, aksariyat haydovchilar koʻchani ifloslantirayotgan haydovchilarga nisbatan yanada qattiqqoʻl jazolar qoʻllash tarafdoridir. 

Opoveщeniye o nalojenii shtrafa
Opoveщeniye o nalojenii shtrafa

Asosiy mavzular