12:25 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Turistы fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usыpalnitsы Tamerlana v Samarkande

Samarqandda turistlarni chuv tushirgan taksi haydovchisi tezda topildi

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Jamiyat
Havola olish
457 0 0

Xitoylik sayyohlar adashib taksi haydovchisiga 2,5 million soʻm toʻlashgan, haydovchi esa pulning ortiqchasini mehmonlarga qaytarish oʻrniga, lom-mim demay surib qolgan.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Xitoylik uch nafar sayyoh Samarqanddan Shaxrisabzga borib kelish uchun taksi haydovchisiga kelishilgan 250 000 soʻm oʻrniga 2 500 000 soʻm toʻlashdi, deb xabar qilmoqda STV telekanali.

Haydovchi esa, pulning ortiqchasini mehmonlarga qaytarish oʻrniga, lom-mim demay ketib qolgan. Keyinroq turistlar nima boʻlganini anglab yetishgan va Registon maydonida turistik politsiyaga murojaat qilishgan.

Turistlarda, taksining davlat raqami  aks etgan fotosurat boʻlgani sababli YPX xodimlari bir zumda mashinani topishgan. “Vijdonli” haydovchi mehmonlarga pulning ortiqchasini qaytarib berishga majbur boʻlgan.

Asosiy mavzular