12:44 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Trex uzbekistantsev spasli iz rabstva v Orenburgskoy oblasti

Orenburgda 3 nafar oʻzbekistonlik qullikdan qochishga muvaffaq boʻldi

Organizatsiya "Alternativa"
Jamiyat
Havola olish
239 0 0

Orenburgda uch nafar Oʻzbekiston fuqarolarining pasportlarini olib qoʻyib bir necha kun majburlab ishlatishdi va omborxonaga qamab qoʻyishdi.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Rossiyaning Orenburg viloyatida uch nafar Oʻzbekiston fuqarolari qullikdan qochib qutilishga muvaffaq boʻlishdi, deb xabar qilmoqda "Alternativa" NNT.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu yilning avgust oyida Ulugʻbek, Abdulaziz va Jasurbek ismli fuqarolar Rossiyaning Perm viloyatiga ishlash uchun yoʻlga chiqadi. Yoʻl-yoʻlakay ular Ali ismli Qozogʻiston fuqarosi bilan tanishib qolishadi. Ali ularga Orenburgning Buzuluk shahrida ish, turar joy, ovqat va hujjatlarini rasmiylashtirishni vaʼda beradi. Ular rozi boʻlishadi.

Manzilga yetib kelgach, Ali ularni Fuzayil ismli Ozarbayjon fuqarosiga topshiradi. Fuzayil registratsiyani bahona qilib oʻzbekistonliklarning pasportlarini darhol olib qoʻyadi va qurilishga ishlashga yuboradi.

Oradan 10 kun oʻtib ishchilar pasportlarini talab qilishadi. Bunga javoban Fuzayil ular uchun Aliga 50 ming rubl toʻlaganini va qachonki ushbu pullarni ular ishlab bersa yoki qarindoshlaridan qarz olib qaytarib bersa keyin pasportlarini qaytarishini aytadi.

Shundan soʻng ham yigitlar bir necha bor oʻz pasportlarini qaytarishni soʻrab murojaat qilishadi. Soʻnggi marta esa Fuzayil va uning doʻstlari oʻzbekistonliklarni doʻpposlab omborxonaga qamab qoʻyadi.

Oʻzbekistonliklar u yerdan bir necha kun oʻtib qochib ketishadi. Pasportlari yoʻqligi tufayli ular, elchixonadan maʼlumotnoma rasmiylashtirilari kerak edi. Moskvaga yetib olishga ularga oʻzbekistonlik va tojikistonlik migrantlar yordam berishadi.

Shu oʻrinda, Rossiyaga mehnat qilish uchun kelayotgan fuqarolarga yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz. Birinchidan Rossiya migratsiya qonunlarini oʻrganing, ikkinchidan tanimagan odamlar gapiga asoslanib, hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan turib ishlashni boshlamang. Uchinchidan Oʻzbekiston elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari telefon raqamlarini yodlab oling.

Asosiy mavzular