12:24 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Zdaniye Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente.

Milliy universitet va SamDU dunyoning eng nufuzli 500ta OTMlari roʻyxatiga kiritiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Jamiyat
Havola olish
9510

Oʻzbekistonda 2030 yilga qadar 10ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritiladi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Oʻzbekiston 10dan ortiq OTMlari dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritiladi.

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida aytib oʻtilgan.

Respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar - Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish – ushbu qarmonda belgilangan vazifalar qatoridan oʻrin olgan.

Undan tashqari prezident farmonida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi negizida - Oliy taʼlim kengashi tashkil qilish haqida aytib oʻtilgan.

Ushbu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʻrganish hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy taʼlim sifatini oshirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Prezident farmonining toʻliq matni bilan quyida tanishing.

Asosiy mavzular