06:35 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53

Fargʻonada aviatsiya bombasi topildi

© "Postda"
Jamiyat
Havola olish
354 0 0

“Osmondan tushdimi, yerdan chiqdimi - hech kim bilmaydi”: Fargʻonadagi bogʻlardan birida aviatsiya bombasi topildi.  

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Fargʻonada xuddi kinodigidek voqea yuz berdi. Quva tumanidagi bogʻlardan birida vazni 150 kg boʻlgan aviatsiya bombasi topildi. Bu haqida “Postda” gazetasi xabar qilmoqda.

“7 oktyabr kuni soat 16:00larda “Turk” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Abduqodir” bogʻdorchilik fermer xoʻjaligining gilos bogʻidan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., ogʻirligi 150 kg. boʻlgan aviatsiya bombasi topildi”, - deyilgan xabarda.  

Ayni paytda yoʻq qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bogʻda qanday paydo boʻlib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hech kimga zarar yetmagan.

Bomba topilgan bogʻ egasiga Toshkentdan 3-xonali uy berilishi haqida hozircha hech qanday maʼlumot berilmagan.

Asosiy mavzular