00:20 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana

IIV ichki ishlar xodimi kaltaklanishi haqidagi videoga izoh berdi

uznews.uz
Jamiyat
Havola olish
223 0 0

IIV fuqarolarni organ xodimlarini obroʻsizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatish - javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi kecha, 15 oktyabr kuni, ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan, ichki ishlar xodimiga bir guruh shaxslar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videoga izoh berdi.   

- Maʼlum qilamizki, mazkur holat 2018 yilning avgust oylarida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir etilgan boʻlib, voqea tavsilotiga koʻra, hududning profilaktika inspektori, jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda boʻlgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan. Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, oʻrnatilgan tartibda qatʼiy qonuniy choralar koʻrilgan, - deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga, IIV fuqarolardan IIV xodimlarini obroʻsizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatishdan oʻzlarini tiyishlarini, ushbu harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

Asosiy mavzular