"O‘ztransgaz" Yaponiya korporatsiyalarini yollamoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyaning Itochu va Marubeni kompaniyalari O‘zbekistonda gaz transport tizimini yangilashda ishtirok etishi mumkin.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. "O‘ztransgaz" delegatsiyasi sentabr oyida bo‘lib o‘tgan, Yaponiyaga tashrifi doirasida “Itochu Corporation” va “Marubeni Corporation” kompaniyalari bilan  uchrashdi, deb xabar qildi O‘zbekiston energetika vazirligi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra,  Yaponiyada “Dispetcherlik markazi, monitoring va gaz infratuzilmasi (SCADA) obyektlarini boshqarish” mavzusida muzokaralar olib borilgan. Shuningdek, “O‘ztransgaz” kompaniyasi O‘zbekistonda rejalashtirilayotgan gaz uzatish tizimini yangilash loyihasini taqdim etgan.

Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Gaz hisoblagichlar iste’molchilarga “O‘ztransgaz” mablag‘i hisobidan o‘rnatiladi

Yaponiya kompaniyalari, loyihaning Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan, birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tenderda ishtirok etish istagida ekanliklarini, loyihaning ikkinchi bosqichida esa Yaponiyaning imtiyozli moliyalashtirishini jalb etish bilan qatnashish fikrida ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, uchrashuvda loyihaning ikkinchi bosqichini “O‘ztransgaz” bilan hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “O‘ztransgaz” 2018 – 2025-yillarga mo‘ljallangan Respublika gaz uzatish tizimini zamonaviylashtirish rejasini amalga oshirmoqda. Loyiha qiymati 1,5 milliard dollar bo‘lib u O‘zbekistonda yangi gaz taqsimlash stansiyalari qurish,  tizimning “tor joylarini” bartaraf etish kabi tadbirlarni o‘z ichiga olgan.

Bugungi kunda O‘zbekneftgaz quvvati yiliga 70 mlrd metr kub miqdorida tabiiy gaz va 8 million tonna miqdorida suyuq uglevodorodlar qazib olish imkonini beradi.

 

Yangiliklar lentasi
0