22:57 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

"Milliy tiklanish" janjalkash deputatni nomzodlar tarkibidan chiqardi

Fb
Jamiyat
Havola olish
511 0 0

Eslatib oʻtamiz, Kabul Dusov Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilingan qator postlardan keyin jamoatchilik orasida mashhur boʻlib ketgan edi

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Deputat Kabul Dusov Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tarkibidan chiqariladi, deya rasmiy bayonot berdi partiya Markaziy kengashi axborot xizmati.

Bayonotda aytilishicha, Dusov partiya obroʻsiga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatmoqdayu Partiya nizomiga amal qilmayapti. Shu bois, Dusov 2019 yil 1 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan partiyaning navbatdagi Sʼyezdida eʼlon qilinadigan xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga koʻrsatiladigan nomzodlar tarkibidan chiqariladi, deyiladi partiya bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, Kabul Dusov Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilingan qator postlardan keyin jamoatchilik orasida mashhur boʻlib ketgan edi.

Uning ayollar davlat boshqaruvida ishtirok etishi kerak emasligi haqidagi fikrlari ayniqsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchragan edi.

Asosiy mavzular