15:49 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Kanal v Buxare

Toshkentda harbiylar choʻkayotgan ayolni qutqarishdi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
333 0 0

Jabrdiyda qashqadaryolik, 1980 yilda tugʻilgan YU.X ekanligi aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Toshkentdagi Anhor kanalida choʻkayotgan  ayol hayotini saqlab qoldilar, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Milliy gvardiya axborot xizmati vakili.

Hodisa 18 oktyabr kuni soat 20:40 lar chamasi roʻy bergan. Anhor kanalida choʻkayotgan ayolni koʻrib, Turkiston sanʼat saroyi atrofida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat vazifasini oʻtayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Z.Ergashev va uning sheriklari jabrdiydaga yordamga shoshilganlar.

Harbiylar tezkorlik bilan ayolni suvdan olib chiqishgan. Jabrdiyda qashqadaryolik, 1980 yilda tugʻilgan YU.X ekanligi aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Shayhontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular