13:43 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Ogoh boʻling, sizni videoga olmoqdamiz – YHXB inspektorlari 1 yanvardan

© MVD
Jamiyat
Havola olish
44330

Bodi kameralar har bir qoidabuzarlikni yaqqol koʻrsatib beradi, shuning uchun YHXB inspektorlarni ham fuqarolarni ham belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. YHXB inspektorlari 1 yanvardan boshlab avtomobilni toʻxtatganlaridan soʻng, haydovchini yoniga kelib oʻzini tanishtiradi hamda uni videoga olinayotganini xabar qiladi. Bu haqida muassasa matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Bodi kamera bilan ishlash jarayonida xodim yoʻl harakati qatnashchisini toʻxtatganidan keyin uning oldiga borib, oʻzini tanishtiradi va lavozimi, unvoni, familiyasi haqida maʼlumot beradi. Haydovchining talabiga koʻra koʻkrak nishon belgisini maʼlum qilib, xizmat guvohnomasini ochiq holda koʻrsatadi.

Eng muhimi, yoʻl harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini maʼlum qiladi va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun undagi video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab barcha YHXB xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqta mobil kameradan foydalanishlari majburiy boʻladi.

Ayni damda ushbu bodi kameralarni ishga tushirish jarayoniga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Xususan, kameralar turli ob-havo sharoitlarida va koʻrinishlarda, har xil holatlarda hamda vaziyatlarda ishlatib koʻrilmoqda. Kameradan tashqari, maʼlumotlarni saqlash qurilmalari, dasturiy taʼminot ham sinovdan oʻtkazilmoqda.

Kameralar orqali vaziyatni doimo nazorat qilib turish imkoniyati oshadi. Nazorat kuchaytirilgan joyda esa tartib-intizom boʻladi. Kameralar esa har bir holatni oshkora koʻrsatib beradi. Shu sababli barcha harakat ishtirokchilarini “Yoʻl harakati qoidalari”ga qatʼiy amal qilishga chaqiramiz, deyilgan YHXB xabarida.

Asosiy mavzular