23:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
V tsentre Tashkenta vvedut ogranicheniye na proyezd gruzovogo transporta

Tashkent City atrofidagi koʻchalardan birida 6 oylik cheklov kiritildi

Xokimiyat
Jamiyat
Havola olish
114 0 0

Tashkent City atrofidagi koʻchalardan birida ogʻirligi 5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari uchun 6 oy muddatga cheklov kiritildi.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Tashkent City atrofidagi koʻchalardan birida 6 oylik cheklov kiritildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyatining matbuot xizmati. 

"21 oktyabrdan boshlab 6 oy davomida Islom Karimov koʻchasining Olmazor hamda Furqat koʻchalari bilan kesishgan qismlari oraligʻida yuk tashish hajmi 5 tonnadan yuqori boʻlgan transport vositalari harakati cheklanadi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari, bugun 21 oktyabr kuni Tashkent city’ hududidagi bogʻ soat 14:00 gacha xizmat koʻrsatadi, 14:00 dan 20:00 gacha bogʻda sanitariya va profilaktika ishlari olib boriladi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu choralar Tashkent City majmuasi hududida jadal ravishda olib borilayotgan qurilish ishlari munosabati bilan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan.  

Asosiy mavzular