Haqiqiy Ostap Bender – prezident devonida uchiga chiqqan firibgar topildi

Obuna bo‘lish
“Daromadli” mansabni sotib olishni orzu qilganlarni 1,7 mln dollarga chuv tushirgan firibgar prezident devonida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagani aniqlandi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Mashhur asar qahramoni, buyuk kombinator - Ostap Bender “ortiqcha puli to‘planib qolgan fuqarolardan” pul olishning 400 ta uslubini bilishi bilan maqtangan edi. Yaqinda qo‘lga olingan Asatulla Do‘stov, ehtimol, undan ham ko‘proq uslubini bilsa ajab emas.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik firibgar tanishini 50 ming dollarga chuv tushirdi

Prezident devonida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan mulozim turli uslublar bilan fuqarolardan jami 1 669 700 AQSh dollarini olishga muvaffaq bo‘lgan... Qanday qilib deysizmi?

U yuqori mansabga intilganlarni Prezident devoniga taklif qilgan. Rasman ularni boshqa murojaat bilan kelgan deb qayd ettirib, ular bilan suhbat qilgan va suhbatdan o‘tdingiz deb ishontirgan. Prezident devoniga kirib chiqqan “qarmoqqa ilinganlar” esa suhbatdan o‘tdik deya juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini sanab beraverishgan.

Shu tariqa Do‘stov o‘z vakolatida bo‘lmagan qator lavozimlarni pullagan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, Nukus Davlat pedagogika institutining rektori, Sog‘liqni saqlash vaziri, “Oqtoshdonmahsulotlari” AJ raisi, “Andijonpaxtasanoat” birlashmasi, “Qo‘qon yog‘-moy” OAJ raisi, “Yangi Angren Issiqlik Energostansiyasi” AJ raisi, Narpay tuman hokimi lavozimi, “Samarqandpaxtasanoat” AJ raisi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamentida surishtiruvchi va boshqa lavozimlar shular jumlasidan.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda firibgar fuqaroni 49 ming dollarga chuv tushirdi

Undan tashqari firibgar boshqa uslublardan ham foydalangan:  Toshkent aviatsiya birlashmasi tomonidan sotuvga chiqarilayotgan mol-mulklarni sotib olib berish, jinoyat ishini bekor qilish, avf orqali mahkumlarni qamoqdan chiqarish, yangi qurilayotgan uylardan xonadon olib berish, institutga kirgizib qo‘yish va ho kazo.

Ayni damda Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi umumiy bo‘limining ekspeditsiya mudiri lavozimida ishlagan, 1963-yil 20-iyun kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan Asatulla Do‘stov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7 ta moddasi bilan ayblanib hibsga olingan va unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0