O‘zbekistonda 1 million dona daraxt ko‘chati o‘tqaziladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPosadka derevyev v parke
Posadka derevyev v parke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan #BirMillionDaraxt aksiyasiga O‘zbekistonning shimoliy hududida start beriladi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. “Bir million daraxt” aksiyasiga Nukus shahrida start beriladi. #BirMillionDaraxt aksiyasi “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Daraxt kesishga moratoriy kiritiladi – yangi qonun

Birinchi daraxt partiyasi — 100 dona archa ko‘chatlari 24-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi hududida o‘tqaziladi. “Yuksalish” umummilliy harakati faollari tashabbusi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

“Bu jamoatchilik e’tiborini yana bir bor ekologik muammolarga jalb qilish, yashash uchun qulay sharoitlar yaratish, aholini tashvishga solayotgan masalalar bo‘yicha ma’lumot berish, global muammolarni hal qilish uchun aholi, siyosiy iroda va resurslarni jalb qilishga sababdir”, - deyilgan xabarda.

Jadval bo‘yicha keyingi hududlar — Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Ushbu viloyatlarda ko‘chatlar asosan suv ta’minoti cheklangan joylarda ekiladi. Shu munosabat bilan murakkab iqlim sharoitlariga chidamli daraxt turlari tanlanadi.

Yangiliklar lentasi
0