07:37 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
40901

Xabarda yozilishicha, Boyqoʻngʻirda amalga oshiriladigan raketa parvozlari Oʻzbekiston ob-havosiga taʼsir qiladi, degan fikrlar anchadan beri mavjud.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. “Oʻzgidromet” Qozogʻistonda joylashgan Boyqoʻngʻir kosmodromidagi raketa parvozi Oʻzbekiston ob-havosiga taʼsir qilishi yoki qilmasligi haqida maʼlumot berdi.

Xabarda yozilishicha, Boyqoʻngʻirda amalga oshiriladigan raketa parvozlari Oʻzbekiston ob-havosiga taʼsir qiladi, degan fikrlar anchadan beri mavjud. Ushbu fikr tarafdorlari ob-havo oʻzgarishlari raketa parvozlari bilan toʻgʻri kelgani toʻgʻrisida koʻp misollar keltirishlari mumkin, biroq hech qanday parvoz boʻlmasada, ob-havo keskin oʻzgargani, yoki, aksincha, raketa parvozlari meteorologik vaziyatga hech qanday taʼsir koʻrsatmagani toʻgʻrisida indamaydilar.

“Shubhasiz, raketa-kosmik texnikadan foydalanish tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatadi va insoniyat oldiga ana shu taʼsirni oʻrganish boʻyicha maʼlum vazifalarni qoʻyadi. Ekologlar, biologlar, tibbiyot xodimlari oʻz sohalari boʻyicha muammoni oʻrganmoqdalar. Ayniqsa, raketa qismlari yerga tushadigan hududlarda koʻp tadqiqotlar oʻtkaziladi. Bu tadqiqotlar kosmik faoliyatning atrof muhitga sezilarli salbiy taʼsirini aniqlamadi.  Shunday boʻlsada, bu borada aniq bir xulosa qilish uchun materiallar yetarli emas”, - deyilgan xabarda.

Biroq olimlar ob-havo sharoitlarining shakllanishi uchun “javobgar” boʻlgan global atmosfera jarayonlariga, shuningdek,  iqlim oʻzgarishlariga raketa tashuvchilar parvozi taʼsir koʻrsatmasligi toʻgʻrisida yakdildir. Faqat bulutlar, tuman, muzliklar yoki qor qoplamiga sunʼiy taʼsir etish maqsadida amalga oshiriladigan parvozlar bundan mustasno.

Raketalar parvozining atmosferaga taʼsir etish koʻlamini ob-havo oʻzgarishlariga sabab boʻladigan sinoptik obʼyektlar koʻlami bilan solishtirib boʻlmaydi. Agar kosmik parvozlarni ob-havo nuqtai nazaridan muhokama qiladigan boʻlsak, bunda avvalambor sunʼiy yoʻldoshlar yordamida olinadigan bebaho meteorologik maʼlumot  toʻgʻrisida gapirish kerak.

Asosiy mavzular