Yuz foiz bitiruvchilari OTMga kirgan maktablar ularni qanday tayyorlagan?

Obuna bo‘lish
Bitiruvchilarining 100% OTMga kirgan maktablarda o‘quvchilar imtihonga qanday tayyorlangani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekistonning turli hududlarida bitiruvchilarining barchasi (100%) OTMga kirgan maktablar talaygina, deb xabar qildi O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z sahifasida.

Vazir aytishiga qaraganda yaxshi natija ko‘rsatgan maktablar quyidagi ishlarni amalga oshirganlar:

  1. O‘quvchilarni OTMga kirishga motivatsiya qilganlar;
  2. 2-3 yil avvaldan o‘quvchining qaysi OTM yo‘nalishiga moyilligi borligini aniqlashga harakat qilganlar va maqsadli ravishda tayyorgarlik ko‘rganlar;
  3. Har oyda yoki har 45 kunda OTMga topshiradigan fanlari bo‘yicha ichki imtihon/test o‘tkazib bolalarning tayyorgarlik holatini baholab turganlar. Ba’zilari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib DTM bilan shartnoma ham qilib bunday testlarni tashkil qilganlar;
  4. Hujjat topshirganda 3 ta OTMni tanlaganda kirish qiyin bo‘lgan OTMlardan tashqari, bitta kirish osonroq bo‘lgan OTMni ham tanlaganlar.
  5. Eng ko‘p dars soatlarini aynan yuqori natija ko‘rsatgan malakali o‘qituvchilarga ajratganlar, ulardan ortsagina boshqa o‘qituvchilarga. Ya’ni yuqori malakali o‘qituvchilarning bilim va tajribalaridan kengroq foydalanish bilan birga ularga eng yuqori oylik va moddiy rag‘batlantirish berish choralarini ko‘rganlar.

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Shermatov kelasi o‘quv yilida birorta ham o‘quvchisi OTMga kira olmagan maktablar rahbariyati keskin tanqid ostiga olinishi hamda ularning faoliyati yangi tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazilishi haqida ogohlantirgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0