14:03 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Sergey Prixodko

Rossiya Oʻzbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
329 0 0

AES qurilishi Oʻzbekiston - Rossiya munosabatlari uchun strategik muhim loyiha hisoblanadi, shuning uchun uning  moliyalashtirish masalasi ham oʻta muhim.

TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Rossiya hukumati Oʻzbekistonga AES qurilishi uchun davlat eksport krediti ajratishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Hukumat raisi oʻrinbosari Sergey Prixodkoning soʻzlariga asosan.

"AES qurilishi Oʻzbekiston - Rossiya munosabatlari uchun strategik muhim loyiha hisoblanadi, shu jumladan u haqida tuzilayotgan shartnomalar va uning  moliyalashtirish masalasi ham oʻta muhimdir.

Moliya manbaalariga kelsak, ushbu loyihaning ikki davlat uchun ham muhimligini inobatga olgan holda, Rossiya Federatsiyasi hukumati davlat eksport krediti ajratish imkoniyatini koʻrib chiqishga tayyor. Aniq shartlar  Rossiya va Oʻzbekiston moliya vazirliklari muzokaralaridan soʻng maʼlum boʻladi.

Oʻzbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AESning dastlabki qiymati allaqachon aniq boʻlgan.  Lekin bunday loyihalar narxi, odatda, shartnoma imzolanganicha va undan soʻng ham keng ommaga eʼlon qilinmaydi”, - dedi Prixodko.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya orasida erishilgan kelishuvga koʻra, “Rosatom” korporatsiyasi  Oʻzbekiston hududida ikkita energiya blokidan iborat boʻlgan “3+” avlod atom elektr stantsiyasi qurib beradi. AESning qurilish joyi sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli oldidagi maydon tanlangan.

Asosiy mavzular