07:38 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
109840

Andijon viloyatida 2020 yildan boshlab "Xan" rusumli elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Kelgusi yilda Andijon viloyatining Xonobod shahrida elektromobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati.

“Hanabad QB Coin MCHJ mutaxassislari Andijon viloyatida turli rusumdagi elektromobillarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan”, - deyilgan xabarda.  

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Andijon viloyat boshqarmasida xorijlik sarmoyadorlarni qabul qildi. Viloyat rahbari xorijlik sarmoyadorlar bilan suhbat davomida ushbu loyihani toʻlaligicha qoʻllab-quvvatlashini bildirib, ularga belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish borasida tushunchalar berdi.

“Xan” brendi ostida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan elektromobillar turkumi ixcham yengil elektromobil, IIB xizmati uchun maxsus elektromobil hamda kichik avtobus shaklida ishlab chiqarilishi mumkin.

Bir quvvatlanishda elektromobillar 100-150 kilometr masofani bosib oʻtishi mumkin. Elektromobilni uy sharoitida 220 voltli rozetkadan ham quvvatlantirish mumkin. Elektromobillarni ishlab chiqarish 2020 yildan boshlash  rejalashtirilgan. 

Asosiy mavzular