Bekobodda tug‘ilgan to‘rt egizakka qanday ismlar qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

© everydayStalo izvestno kak nazvali chetvernyashek iz Bekabada
Stalo izvestno kak nazvali chetvernyashek iz Bekabada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bekobodda to‘rt egizak dunyoga kelgan oilaga “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan shahardan uch xonali uy sovg‘a qilindi.

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Toshkent viloyati Bekbod shahrida istiqomat qiluvchi Bekzod va Shoira Jo‘rayevlar oilasida 21-sentabr kuni to‘rt egizak dunyoga kelgan edi, everyday.uz nashri xabariga asosan.

Yosh oila bolalari ismlarini Hasan, Husan, Fotima va Zuhralar deb qo‘yishgan. To‘rt egizakni dunyoga keltirgan ona sog‘ligini shifokorlar nazorat ostiga olib alohida hamxo‘rlik qilishmoqda, - deyilgan xabarda.

Nashr xabariga ko‘ra, 4-noyabr kuni ushbu oilaga “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan shaharning 14 dahasidan 3 xonali uy sovg‘a qilingan. Uyni topshirish marosimida ularga kerakli uy ro‘zg‘or buyumlari va anjomlar ham berilgan.

Ma’lumot uchun, tibbiyot tarixida bunday homiladorlik kamdan-kam uchraydi va uning muvaffaqiyatli kechishi va bolalar sog‘lom dunyoga kelishi uchun jiddiy tibbiy ko‘mak talab qiladi. Jo‘rayevlar oilasiga Respublika Perinatal markazi tomonidan eng so‘nggi perinatal texnologiyalar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatilgan

Yangiliklar lentasi
0