Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari Moskvada o‘rganilmoqda

Obuna bo‘lish
Shayx Muhammad Sodiq asarlari va pandu nasihatlarini Rossiyaga kelgan markaziy osiyolik mehnat muhojirlari bilan ishlashda qo‘llash tadbirning asosiy maqsadlaridan etib belgilangan.

TOShKENT, 5 noyab - Sputnik. Kuni-kecha Moskva shahrida marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomi bilan ataladigan birinchi diniy-ma’rifiy o‘qishlar boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qiladi.

Tadbirda bir guruh taniqli ulamolar, yetuk olimlar, davlat va din arboblari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi kotibiyati mudiri Muhammad Ayubxon domla Homidov ham ishtirok etmoqda.

Mechet Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi

Diniy o‘qishlar Shayx Muhammad Sodiq nomidagi musulmonlar diniy-ma’rifiy markazi tashabbusi bilan RF Musulmonlarga psixologik ko‘mak ko‘rsatish assotsiatsiyasi, Islom madaniyati, ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

O‘qishlar chog‘ida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asarlari va pandu nasihatlaridan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan Rossiya Federatsiyasiga kelgan mehnat muhojirlari bilan ishlashda qo‘llash, sof Islom ma’rifatini tarannum etish, soxta diniy oqimlar va mutaassib qarashlarga qarshi kurashishda foydalanish masalalariga alohida urg‘u qaratilishi ma’lum qilingan.

Diniy-ma’rifiy tadbir davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0