06:35 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Nobel mukofoti laureati Shextman Oʻzbekistonda

Nobel mukofoti sovrindori Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

© Innovatsiya vazirligi
Jamiyat
Havola olish
141 0 0

Taniqli olim Texnion–Isroil texnologiya instituti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori Dan Shextman shu kunlarda Oʻzbekistonda boʻlib, koʻplab yosh oʻzbek olimlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 5 noyab - Sputnik. Nobel mukofoti laureati Dan Shextman Innovatsion rivojlanish vazirligining taklifiga koʻra, bir haftalik ilmiy-oʻquv dasturi doirasida shu kunlarda Oʻzbekistonda tashrif bilan boʻlib turibdi.

Texnion–Isroil texnologiya instituti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman joriy yil 4-9 noyabr kunlari Toshkent va Samarqand universitetlarida maʼruzalar oʻqishi, Ilgʻor texnologiyalar markazi, Oʻzbekistondagi iqtidorli bolalar uchun birinchi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishishi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquvchilar uchun ochiq dars oʻtkazishi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-texnopark), Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining katta quyosh pechi noyob ilmiy obʼyekti bilan tanishishi (Toshkent viloyati, Parkent tumani) hamda yetakchi va yosh olimlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligida uchrashuv
Texnion–Isroil texnologiya instituti delegatsiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligida

Maʼlumot uchun, Dan Shextman kvazikristallarni kashf etgani bois 2011 yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrini bilan mukofotlangan. U nafaqat kimyo, balki fizika sohasidagi yutuqlari uchun ham boshqa nufuzli ilmiy mukofotlarga ega. 

1996 yilda professor Shextman Isroil Fanlar akademiyasining aʼzosi, 2000 yilda AQSH milliy texnik akademiyasining aʼzosi, 2004 yilda Yevropa fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan. Hozirgi kunda professorning kashfiyoti sanoatning turli tarmoqlarida qoʻllanilmoqda, jumladan, metallurgiya, muqobil energetika, optika, elektronika, tibbiyot hamda kosmos sohalarida.

Asosiy mavzular