06:58 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
130 0 0

Qozogʻiston Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiyaga avtomobil transportida benzin va dizel yonilgʻisini olib chiqishni taʼqiqladi.

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Qozogʻiston neft mahsulotlarini avtotransportda olib chiqishni taʼqiqladi, yangi qonun 2 noyabrday kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda TASS.

Qozogʻiston energetika, IIV, Moliya vazirligi va MXQ qoʻshma buyrugʻi bilan, avtotransport yordamida Respublikadan neft mahsulotlarini olib chiqish 6 oyga taʼqiqlandi. Yangi qonun normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirilgan.

“Qozogʻiston Respublikasidan TNVED kodi 2709, 2710, 2902, 3409, 3811 boʻlgan mahsulotlarni olib chiqish taʼqiqlandi. Avtomobil benzin bakida yonilgʻi olib chiqish holatlari bundan mustasno. Alohda idishda olib chiqilayotgan yonilgʻi hajmi 20 litrdan oshmasligi kerak”, - deyilgan xabarda.

Xabar izohida aytilishiga koʻra, Qozogʻistonda benzin va dizel yonilgʻisi narxi qoʻshni Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Rossiyaga nisbatan past boʻlgani tufayli chegara oldi hududlarida yonilgʻi moylash mahsulotlarining yuqori tranzit isteʼmoli kuzatimoqda.

Asosiy mavzular