08:43 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal rukovoditeley spetsslujb stran SNG

Mirziyoyev MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarini qabul qildi

© Press-slujba Prezidenta
Jamiyat
Havola olish
113 0 0

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan qanday masalalarni muhokama qildi.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Bugun, 7 noyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yigʻilishida ishtirok etadigan delegatsiyalar boshliqlarini qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal glav delegatsiy – uchastnikov tashkentskogo zasedaniya Soveta rukovoditeley organov bezopasnosti i spetsialnыx slujb SNG
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal glav delegatsiy – uchastnikov tashkentskogo zasedaniya Soveta rukovoditeley organov bezopasnosti i spetsialnыx slujb SNG

“Prezidentimiz mehmonlarni qutlar ekan, Oʻzbekistonda MDH doirasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotganini taʼkidladi. Xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash mamlakatimizning Hamdoʻstlikda 2020 yilgi raisligining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Tashkilotga aʼzo davlatlar maxsus xizmatlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan tezkor axborot almashish hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal glav delegatsiy – uchastnikov tashkentskogo zasedaniya Soveta rukovoditeley organov bezopasnosti i spetsialnыx slujb SNG
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal glav delegatsiy – uchastnikov tashkentskogo zasedaniya Soveta rukovoditeley organov bezopasnosti i spetsialnыx slujb SNG

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda, internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zoʻravonlik va radikal qarashlarni targʻib qilish maqsadida foydalanishga chek qoʻyish borasida saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning boshqa dolzarb masalalari ham koʻrib chiqildi.

Asosiy mavzular