Ko‘p kvartirali uylar, shirkat va eksperiment: yangi qonun imzolandi

© Foto / Ilya BuyanovskiyJilie doma v Tashkente
Jilie doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-maygacha Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda ushbu Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazadi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Qonunda ko‘p kvartirali uy, umumiy mol-mulk kabi tushunchalar ochib berildi.

Jumladan, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yo‘laklariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmui ko‘p kvartirali uy hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida belgilanadi.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish quyidagilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin:

- bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan;

- yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan shartnoma asosida;

- bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot tomonidan.

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Qanday mehnat migrantlariga imtiyozli kreditga uy beriladi?

Agar umumiy mol-mulkning boshqa shaxsga berilishi yoki foydalanish uchun o‘tkazilishi boshqa mulkdorlarning o‘z mulk huquqlarini amalga oshirishini cheklaydigan bo‘lsa, u boshqa shaxsga berilishi yoki foydalanish uchun o‘tkazilishi mumkin emas.

Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-maygacha Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda ushbu Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazadi.

Huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha 2020-yil 1-iyunga qadar bo‘lgan muddatda ushbu Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga taklif kiritiladi.

Ushbu Qonun 2020-yil 1-avgustdan e’tiboran kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0