22:51 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Oʻzbekistonda daraxt kesilishi bilan bogʻliq 203 ta noqonuniy holat aniqlandi

© Pisma o Tashkente
Jamiyat
Havola olish
50 0 0

Oʻzbekistonda daraxt kesilishi bilan bogʻliq 154 ta holati boʻyicha esa oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar yuzasidan daʼvo arizalari kiritildi.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda daraxt kesilishi bilan bogʻliq 203 ta noqonuniy holat aniqlandi. Ulardan 154 ta holati boʻyicha esa oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar yuzasidan daʼvo arizalari kiritildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Huquqbuzarlik toʻgʻrisida fuqarolardan maʼlumot olish maqsadida shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “kontrol bot”ga oʻtgan uch oy mobaynida 123 ta murojaat kelib tushgan.

Oʻrganish natijasida 45 ta murojaat anonim tarzida yoʻllanganligi aniqlangan. Bundan tashqari 63 murojaat daraxtlarning qonunchilik talablari asosida, 15 tasi esa noqonuniy ravishda kesilayotganligi aniqlanib, ushbu xatti-harakatlar yuzasidan jami 22,5 mln soʻm miqdordagi daʼvo arizalari kelib tushgan.

Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti 30 oktyabrda imzolangan  farmonida koʻtarilgan masalalar yuzasidan 6 noyabrda oʻtkazilgan brifingda aytib oʻtildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda daraxt va butalarni kesish masalalari tegishli normativ hujjatlar bilan tartibga solingan. Bunda shahar hududiy ekologik boshqarmalari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida daraxt va butalarni kesishning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosalar tayyorlanib, soʻng mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

2019 yilda Toshkent shahar ekologiya boshqarmasiga daraxtlarni kesish boʻyicha jami 32 mingga yaqin murojaatlar yoʻllangan boʻlib, ulardan 4 955 tasi  joylarda rekonstruktsiya va qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyat yuzasidan daraxtlarni kesish toʻgʻrisidagi ijobiy xulosalar sifatida rasmiylashtirilgan.

Daraxtlarni boshqa joyga koʻchirish vazifasi tadbirkorlarga yuklanadi

Oʻzbekistonda rekonstruktsiya yoki qurilish ishlari amalga oshiriladigan boʻlsa, loyihada koʻzda tutilgan hududdagi daraxtlarni boshqa hududga koʻchirib oʻtish vazifasi bundan manfaatdor boʻlgan tadbirkor yoki tashkilot zimmasiga yuklanadi.

Daraxtlarni boshqa joyga koʻchirib oʻtkazishda Oʻzbekistonda hozirgi kunda mavjud boʻlgan 2 ta diskaver invest texnikalaridan foydalaniladi. Bu vazifa tadbirkor yoki tashkilot manfaatida boʻlganligi uchun shartnoma asosida amalga oshirib, hududda nechta daraxt boʻlishiga qarab, uning boshqa joyga koʻchirib oʻtkazilishiga ketadigan mablagʻ loyiha uchun ajratilgan mablagʻ asosida sarflanadi.

Shuningdek, brifingda aytilishicha, hukumatning 2019 yil 17 yanvardagi qarori asosida  ayni damda Toshkentda manzilli roʻyxat lokatsiyalari ishlab chiqilgan boʻlib, bu asosida poytaxtda 53 ming tup daraxtlarni ekish koʻzda tutilgan. 

Asosiy mavzular