22:16 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Rossiyskiye paralimpiytsы. Arxivnoye foto

"Invalid" soʻzi dunyo tillaridan yoʻqotiladi - YUNISEF

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Jamiyat
Havola olish
1695 0 0

Hozirda mutaxassislar rus va qozoq tillarida toʻgʻri taʼrifni aniqlashtirib olib, uni qonun darajasida mustahkamlash ustida ish olib borishmoqda.

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti bolalar jamgʻarmasi – YUNISEF - oʻziga xos ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nisbatan qoʻllaniladigan terminologiyani oʻzgartirish boʻyicha ishlarni olib bormoqda.

Shu tariqa, qonunlarda boshqa yangi terminlarni qoʻllash imkoniyati paydo boʻladi.

Taʼkidlanishicha, "alohida eʼtiborga muhtoj" bolalar oʻzlarini jamiyatda qulay his etishlari uchun stigmatizatsiya (tamgʻa) va diskriminatsiya (tahqirlash, kamsitish) singari toʻsiqlarni yengib oʻtish lozim. Inklyuziv shart-sharoitlarni yaratayotgan maktablar soni oshayotgani bilan, jamiyatda bu singari bolalarga nisbatan stereotip munosabatlar hamon bor, deb xabar qiladi Sputnik Qozogʻiston.

"Invalid" soʻzi asosan ushbu holatdan yiroq boʻlgan odamlar ishlatadilar, deb hisoblaydi "Teng imkoniyatlar dunyosi" invalid-bolalar ota-onalari jamiyati" vakili Svetlana Shreyder. Ayolning oʻzi alohida eʼtiborga ega bolani tarbiyalaydi.

"Uyda biz bu soʻzni ishlatmaymiz. Umid qilamanki, qachondir odamlar bunday bolalar toʻgʻrisida oʻz fikrlarini oʻzgartirishadi. Chunki invalid - bu eng dahshatlisi emas. Ularda tashxislar turlicha, bolalarning tashqi koʻrinishi ham mutlaqo boshqa-boshqa boʻlishi mumkin. Ularning zakovati ham turfa. Umid qilamanki, alohida eʼtiborga molik bolalarga nisbatan yaqin kelajakda boshqacha ifoda ishlatiladi. Jamiyat ham ularni boshqacha qabul qila boshlaydi", - dedi Svetlana Shreyder.

BMTda "Invalidlar huquqlari boʻyicha" konventsiyani qayta nomlash ustida ish olib borilmoqda, chunki "bu soʻz endi kerak emas", deb qoʻshimcha qildi Tatyana Aderixina.

"Invalid" soʻziga dunyoning barcha tillarida barham berishmoqchi. (…) U kerak emas, barchasi oʻzgarmoqda. Hozirda biz Qozogʻistonda qanday atamani tanlash borasida uzoq bahs olib boryapmiz. Chunki bu yerda nafaqat rus tili, balki qozoq tili masalasi ham turibdi. Shunday taʼrifni topishimiz kerak-ki, u bolani kamsitmasin va mutaxassislarga ham bola ehtiyojlarini tugʻri taʼriflashda yordam bersin", - deb aytgan YUNISEF vakili.

Hozirda mutaxassislar toʻgʻri taʼrifni rus va qozoq tillarida aniqlashtirib olib, uni qonun darajasida mustahkamlash ustida ish olib bormoqdalar.

Asosiy mavzular