09:18 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Sbor urojaya mandarinov v Gulrыpshe

Shifokor kimlarga mandarin yeyish zararligini aytdi

© Sputnik / Ilona Xvartskiya
Jamiyat
Havola olish
1688 0 0

Ha demay Yangi yil kirib keladi. Barchamizga juda yaxshi maʼlumki, Yangi yil dasturxonini mandarinsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shifokor ayrim shaxslarning bu mevani ehtiyotkorlik bilan yeyishlari kerakligini aytdi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik.  Oshqozon-ichak yoʻli, gastrit, meʼda kislotasi oshishishi xastaligidan aziyat chekuvchilar ehtiyotkorlik bilan mandarin isteʼmol qilishlari darkor. Bu haqda parhezshunos shifokor Yelena Solomatina “Vechernyaya Moskva” gazetasiga maʼlum qildi.

Shifokor aytib oʻtilgan kasalliklardan tashqari mandarinni och qoringa yeyish kerak emasligini tushuntirdi. Qolaversa, yaltiroq mevaning poʻstini qaynatmagan maʼqul, chunki ular kimyoviy vositalar bilan ishlangan boʻlishlari mumkin va bu sogʻliqqa salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Xurma Korolek
© Sputnik / Nina Zotina

“Shuningdek, mandarin sharbatini ichmasdan, uni butunligicha isteʼmol qilish yaxshiroq”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Shifokor mandarinni isteʼmol qilish mumkinligi va zarurligini taʼkidladi. Chunki tsitrus mevasi tarkibida katta miqdordagi vitamin, mikro va makroelement hamda antioksidantlar mavjud. Mandarinni kuz-qish davrida, yaʼni virusli kasalliklar avj olgan vaqtda yeyish oʻta foydali.

Bir kunda ikki yoki uch dona mandarin yeyish oʻrtacha xavfsiz sanaladi. Biroq bu inson sogʻligiga va isteʼmol qilayotgan shakar miqdoriga bogʻliq.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq kimlarga xurmo yeyish mumkin emasligi haqida xabar qilgan edik. 

Asosiy mavzular