15:02 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
27010

Hujjat “Valday” klubi Taraqqiyot va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi raisi Andrey Bыstritskiy va SMTI rahbari Eldor Aripov oʻrtasida imzolandi.

TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Valday” klubining X Osiyo anjumani doirasida “Valday” Xalqaro muzokaralar klubi Taraqqiyot va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Hujjat “Valday” klubi Taraqqiyot va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi raisi Andrey Bыstritskiy va  SMTI rahbari Eldor Aripov oʻrtasida imzolandi.

Tomonlar, xususan, global kun tartibini shakllantirish, dunyoda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga obʼyektiv baho berish, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi intellektual elitalari oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash ustida ishlash istagini bildirdilar.

Bitim matniga koʻra, ekspertlar bilan uchrashuvlar, forumlar, anjumanlar oʻtkazish, birgalikdagi hamkorlikdagi tadqiqotlarni eʼlon qilish, oʻzaro intellektual elitalar vakillari va ekspertlar hamjamiyati tashriflarini amalga oshirish orqali bilan ushbu maqsadlarga erishish mumkin.

Samarqand shahrida hamkorlikdagi anjumanning oʻtkazilishi ikki mamlakat ekspertlari oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning birinchi qadam boʻladi.

Xalqaro munosabatlar, global siyosat, iqtisod, xavfsizlik, energetika, jamiyatshunoslik, kommunikatsiya va shu kabi boshqa sohalarda zamonaviy tendentsiyalar haqida maʼlumot almashish ham tomonlar oʻrtasida samarali muloqot yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qilishi mumkin.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular