07:11 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Stambul, Turtsiya

Iqtidorli oʻzbekistonlik talabalar Turkiyaga oʻqishga yuborilishi mumkin

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Jamiyat
Havola olish
96 0 0

Bugungi kunda Turkiya oliy taʼlim muassasalarida 1075 nafar oʻzbekistonlik talaba, shundan 150 nafari grantlar asosida tahsil olmoqda.

TOSHKENT, 12 noya - Sputnik. Iqtidorli oʻzbekistonlik talabalar Turkiyaga oʻqishga yuborilishi mumkin.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, Turkiyaning Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi Abdulloh Eren boshligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralarda iqtidorli yoshlarga Turkiyaning davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriati, magistraturasi va doktoranturasida oʻqish uchun Turkiya hukumati stipendiyalarini taqdim etish imkoniyati, tanlov shartlari, gʻoliblarga yaratiladigan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, loyihani bosqichma-bosqich iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda muhandislik, texnika, kimyo sanoati, arxitektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, tadbirkorlik kabi mutaxassisliklar boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqitishdan boshlashni taklif etdi.

“Rosatom” Oʻzbekistonga kadrlar tayyorlashda koʻmaklashadi

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda Turkiya oliy taʼlim muassasalarida 1075 nafar oʻzbekistonlik talaba, shundan 150 nafari grantlar asosida tahsil olmoqda.

Asosiy mavzular