O‘zbekistonda qarzdorlarning chetga chiqishini cheklovchi yangi tartib tasdiqlandi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishPassajirka v aeroportu
Passajirka v aeroportu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligida qarzdorlarning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlovchi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. 1,1 mln so‘mdan ortiq qarzi bor fuqarolarga O‘zbekistondan chiqish taqiqlanadi. Adliya vazirligida qarzdorlarning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlovchi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda qo‘llaniladi.

Quyidagi hollarda qarzdorning chetga chiqishi cheklanmaydi:

  • qarz miqdori BHMning 5 baravaridan (1 115 000 so‘mdan) oshmasa (avval bu miqdor  446 000 ni tashkil etgan), aliment yoki boshqa davriy to‘lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno;
  • sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qo‘yilgan bo‘lsa;
  • qarzdor yuridik shaxs bo‘lganda.

Qarzdorning chetga chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida undiruvchi (uning vakili) ariza bilan MIBga murojaat etishi mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qaror chiqariladi yoki ariza rad etiladi.

Cheklov qo‘yilganligi va olib tashlanganligi haqidagi ma’lumot idoralararo hamkorlik tizimi orqali ichki ishlar organlari va Chegara qo‘shinlariga yuboriladi

Quyidagi hollarda cheklov to‘xtatib turiladi va qazdorning chetga chiqishiga ruxsat beriladi:

  • O‘zbekistondan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan hollarda;
  • O‘zbekistondan chiqib ketuvchi delegatsiya tarkibiga kiritilganda.

Ta’kidlanishchia, qarzdorning chetga chiqishi vaqtincha cheklanganligi yoki cheklov olib tashlanganligi haqida unga yozma xabar (elektron pochta) va telefon orqali SMS yuboriladi.

Har bir fuqaro cheklov bor yoki yo‘qligini www.mib.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0