13:12 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Predsedatel Narodno-demokraticheskoy partii Uzbekistana Ulugbek Inoyatov

Inoyatov: “Men oʻz fikrimda qatʼiy qolaman, 2,5 million soʻm yetadi”

© Mejdunarodnыy press-klub.
Jamiyat
Havola olish
105506

Xalqaro press-klubning navbatdagi press-kofesida XDP raisi Ulugʻbek Inoyatov soʻnggi kunlarda shov-shuvga aylangan mavzuga oʻz munosabatini bildirdi.

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi press-kofesi boʻlib oʻtmoqda.

Unda partiya liderlari va OAV vakillari ishtirok etishmoqda. Muloqotda XDP rahbari Ulugʻbek Inoyatov soʻnggi kunlarda oʻz chiqishida bildirgan fikrdan shov-shuvga aylangan mavzuga oʻz munosabatini bildirdi.

“Men oʻz fikrimda qatʼiy qolaman, yaʼni 2,5 million soʻm 5 kishidan iborat oilaning bir oylik isteʼmol savatchasining Oziq-ovqat qismini qoplashga yetadi”, - dedi Inoyatov.

Eslatib oʻtamiz, Ulugʻbek Inoyatov 10 noyabr kuni Toshkentda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida oʻtkazilgan “Demokratik debat”da Toshkentda 2,5 million soʻm oylik oluvchi bir nafar boquvchi 5 kishidan iborat oilani boqishi mumkin, degan fikrni bildirgan edi. Shundan soʻng bu jamoatchilikning qizgʻin muhokamasiga sabab boʻldi. Biroz oʻtib XDP vakili Inoyatovning 5 kishilik oilaga 2,5 mln soʻm oylik yetarli degan gapiga izoh berib, Inoyatov 2,5 million pul 5 kishidan iborat oilaga yetadi degan fikrni bildirganda oilaning barcha xarajatlarini nazarda tutmagani, balki faqat oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni nazarda tutganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular