18:53 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Parlamentskiye vыborы v Uzbekistane proydut 22 dekabrya.

Saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan shubhali xabarni oʻrganadi

© Mejdunarodnыy press-klub.
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)
224 0 0

Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, goʻyoki deputatlar orasida “oʻlik jonlar” borligi haqidagi xabarlarni oʻrganadi.

TOSHKENT, 20 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, partiyalardan birida ikki yil oldin vafot etgan kishi nomzod etib koʻrsatilgani haqidagi xabarlarni oʻrganib chiqadi, deb xabar qildi komissiya matbuot xizmati.

“Markaziy saylov komissiyasi, bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida roʻyxatga olinganligi haqidagi tahminiy xabarlarga munosabat sifatida bu maʼlumotning haqqoniyligini tekshirish  yuzasidan ish boshlaganini maʼlum qiladi. Markaziy saylov komissiyasi qisqa vaqt ichida jamoatchilikka tekshiruv natijalari haqida xabar beradi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda “partiyalardan biri taklif qilgan nomzodlar orasida 2 yil oldin bu dunyoni tark etgan doʻstimning ismi sharifi va fotosuratini koʻrdim”, degan xabar paydo boʻlgan edi.  

P.S. Ushbu xabar tayyor boʻlganda dastlab shu xabarni tarqatgan kishi anglashilmovchilik yuz berganini va deputatlar roʻyxati toʻgʻri ekanini maʼlum  qildi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)

Asosiy mavzular