12:46 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Pasport grajdanina Uzbekistana

Fuqaroligini yoʻqotish arafasida turgan oʻzbekistonliklar roʻyxati chop etildi

© Sputnik / Vadim Shekun
Jamiyat
Havola olish
103931

Elchixona Oʻzbekistonni bir necha yil oldin tark etib, ayni damda fuqaroligini yoʻqotish arafasida turgan kishilar roʻyxatini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 20 noya – Sputnik. Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi, fuqaroligini yoʻqotish arafasida turgan oʻzbekistonliklar roʻyxatini chop etdi.

“105-roʻyxat” deb nomlangan dajvalda 1210 nafar kishining ismi sharifi kiritilgan. Ushbu shaxslarga nisbatan fuqaroligini yoʻqotish masalasi koʻrib chiqilmoqda”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra yuqoridagi fuqarolar mamlakatdan chiqib ketganidan soʻng bir necha yil davomida Oʻzbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik roʻyxatidan oʻtmagani tufayli fuqarolikdan mahrum boʻlishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekiston fuqaroligi haqida"gi qonunga koʻra, fuqarolikini yoʻqotish uchun beshta asos boʻlishi mumkin:

 1.  Oʻzbekiston fuqarosi oʻzga davlat xizmatiga kirsa

 2.  Doimiy chet davlatda yashayotgan shaxs, uch yil mobaynida, asossiz konsullik hisobida turmasa

 3.  Oʻzbekiston fuqaroligi yolgʻon maʼlumotlar yoki hujjatlar berish natijasida olingan boʻlsa

 4.  Fuqaro oʻzga mamlakat foydasiga ishlab oʻz mamlakatiga katta ziyon yetkizsa

 5.  Oʻzga mamlakat fuqaroligini qabul qilsa

Asosiy mavzular