15:50 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Izobiliye razlichnыx fontanov na territorii Tashkent-Siti

“Toshkent — yuksaklikka intilayotgan shahar”: 2030 yilga kelib poytaxt qanday boʻlishi mumkin

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
467 0 0

Toshkent shahar hokimligida “Cushman & Wakefield” xalqaro kompaniyasining Moskvadagi ofisi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. “Cushman & Wakefield” kompaniyasining Moskvadagi ofisi delegatsiyasi poytaxt hokimligida “Toshkent 2030 — yuksaklikka intilayotgan shahar” loyihasini taqdim etdi.

Rossiyalik mutaxassislarning fikricha, 10 yildan keyin shaharning iqtisodiy rivojlanishi uning infratuzilmasi bilan cheklanib qoladi, shuning uchun hozirdan bu yoʻnalishda tizimli islohotlar ustida ish olib borish zarur.

Ular noturar joylar ijarasini rivojlantirishga moʻljallangan Toshkentdagi tijoriy koʻchmas mulk xaritasi, shahar chegarasida ulkan ulgurji-savdo tarmogʻini tashkil etish hamda 11 ta tuman hududlariga oid kontseptsiyani taqdim etishdi

Shuningdek, uchrashuvda sohil boʻylari, bogʻlar, sayilgohlar, ochiq osmon ostidagi muzeylarni barpo etish taklifi ham koʻrib chiqildi.

“2030 yilda Toshkent nafaqat maʼmuriy-moliyaviy markaz, balki mintaqadagi gʻoyalar generatori va Oʻzbekistonning dunyoga ochiq, rivojlangan shahri sifatida tanilishi muhim”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Uchrashuv natijalariga koʻra, ikki tomon oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

“Cushman & Wakefield” 1917 yilda AQShda tashkil etilgan kompaniya. U mijozlarga koʻchmas mulkka investitsiya kiritish va ijara masalalarida maslahat berish, ularning manfaatlarini ifoda etish bilan shugʻullanadi.

Hozirgi kunda dunyoning 70 davlatida 400 ga yaqin ofislarga ega. Rossiyada esa kompaniya 1995 yildan beri muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. 150 ta yuksak malakali mutaxassislardan tashkil topgan ushbu jamoa davlat infratuzilmasini barpo etish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha

Toshkent aeroporti xususiylashtirilishi mumkin
Oʻn oy ichida Toshkentga kelgan sayyohlar soni maʼlum qilindi
Teglar:
qurilish, Toshkent

Asosiy mavzular