15:13 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto

IIV ayrim postlar faoliyati qayta tiklanishiga izoh berdi

© Sputnik
Jamiyat
Havola olish
392 0 0

Ayrim nazorat postlari faoliyati qayta tiklanishi nufuzli siyosiy va bayram tadbirlari bilan bogʻliq va bu holat vaqtincha - IIV.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekistonda ayrim postlar faoliyati qayta vaqtincha qayta tashkillashtirilmoqda deb izoh berdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu postlar faoliyati qayta tiklanishi nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash masalasi bilan bogʻliq.

“Fuqarolardan ushbu xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilayotgan muhim vazifalarni toʻgʻri qabul qilishlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli nomaqbul fikrlarni tarqatmasliklarini soʻrab qolamiz”, — deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Fargʻona—Vodil”, “Fargʻona—Avval” va yana bir  postlar faoliyati qayta tiklangani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud boʻlgan 133 ta yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlaridan 74 tasining faoliyati tugatilib, 59 tasi qoldirilgan edi.

 

Asosiy mavzular