02:08 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Linii elektroperedach, arxivnoye foto

Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni toʻxtatdi

© Sputnik / Sergey Malgavko
Jamiyat
Havola olish
21610

Avval erishilgan kelishuvlarga asosan Tojikiston faqat ichki ehtiyoj taʼminlangan oylarda Oʻzbekistonga elektr energiyasini eksport qiladi.

TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni toʻxtatdi. Bu maʼlumot Sputnik muxbiriga Oʻzbekiston energetika vazirligida tasdiqlandi.

Bu sovuq ob-havoning boshlanishi va respublikaning ichki ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlarga asosan Tojikiston Oʻzbekistonga faqat ichki ehtiyoj taʼminlangan oylarda elektr energiyasini eksport qiladi. Sentyabr oyidan beri energiya yetkazib berish hajmi asta-sekin qisqardi.

Tojikiston elektr energiyasi oʻrniga Turkmaniston energiyasi keldi. Qoʻshni respublikadan 1 dekabrdan 14,9 mln kVt.ch, 2 dekabrda 15,4 mln kVt.ch.energiya import qilindi.

Ikki tomonlama bitim bilan yetkazib berish grafigi va hajmi tasdiqlandi.

Elektr energiyani qoʻshni davlatlardan import qilish ikki yil oldin qayta tiklangandi. Bu birinchi navbatda qish mavsumida toʻgʻri keladi.

Asosiy mavzular