11:00 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
793 0 0

Oʻzbekistoan Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning chet ellik advokati Greguar Manja yuzasidan bayonot berdi.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning chet ellik advokati Greguar Manja yuzasidan bayonot berdi.

“G.Karimovaning manfaatlari himoyasida qatnashayotgan advokatlar xususida kelib tushayotgan koʻplab soʻrovlar yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, ularning barchasi G.Karimovaning yaqin qarindoshlari tomonidan yollangan boʻlib, tegishli tartibda adliya organlari tomonidan berilgan advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridir.

Advokatlar bilan barcha munosabatlar Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida amalga oshirib kelinmoqda hamda ular tomonidan oʻz mijozlari huquqlarini himoya qilishda cheklanganliklari xususida biron-bir shikoyat va iltimosnoma kelib tushmagan.

Oʻzini G.Karimovaning advokati sifatida tanishtirib kelayotgan Greguar Manja xususida shuni maʼlum qilamizki, amaldagi qonunchilikka koʻra chet el advokatlarining Oʻzbekiston hududida faoliyat koʻrsatishi nazarda tutilmagan.

Ayni vaqtda, chet ellik advokat G.Manjaning Shveytsariya hukumati tomonidan berilgan mandati G.Karimovaga nisbatan Shveytsariyada olib borilayotgan jinoyat ishi bilan chegaralangan boʻlib, uning Oʻzbekistonga kelishi faqatgina Shveytsariya hukumatining oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomasi asosida amalga oshirilgan edi.

Oʻz mijozi bilan uchrashish uchun yaratib berilgan imkoniyatlarni suiisteʼmol qilgan G.Manja buzgʻunchilik xarakteridagi harakatlarni amalga oshirib, oldindan yolgʻonligi maʼlum boʻlgan Oʻzbekiston penitentsiar muassasalari haqidagi boʻhton maʼlumotlarni piar maqsadida tarqatishda ifodalangan advokatlarning umumeʼtirof etilgan etika qoidalarini buzilishiga yoʻl qoʻygan.

Vaholanki, penitentsiar muassasalar xalqaro huquqni himoyalovchi tashkilotlar uchun ham ochiq boʻlib, ularning monitoring hisobotlari muntazam ravishda chop etib boriladi.

Shunga koʻra, oʻzbek tarafi mutanosib chora tariqasida G.Manjaning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishiga ruxsat berishni rad etishga majbur boʻldi.

G.Karimovaning Shveytsariyadagi jinoyat ishi boʻyicha boshqa jinoiy sheriklarining chet el advokatlari Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻz mijozlari bilan cheklovsiz munosabatni qoʻllab-quvvatlab kelmoqdalar”, - deyilgan bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari yakunlangani haqida bayonot bergandi.

Asosiy mavzular