10:32 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
436 0 0

Oʻzbekiston qogʻozbozlikka qarshi kurashga jiddiy kirishdi - yangi yildan boshlab 28ta maʼlumotnoma soʻrash tartibi bekor qilindi.

TOSHKENT, 11 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yildan boshlab davlat organlari tomonidan 28ta maʼlumotnomalarni talab qilish tartibi bekor qilinadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish…  toʻgʻrisida”gi qarorida aytib oʻtilgan.

Xususan ushbu qarorda 1 yanvardan boshlab fuqarolardan quyidagi hujjatlarni talab qilish mumkin emas:

  1. Yashash joyidan maʼlumotnoma
  2. Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha yashayotganligi (roʻyxatdan oʻtkazilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
  3. Doimiy va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtib yashovchilar soni toʻgʻrisida maʼlumotnoma
  4. Doimiy yashash joyida yashayotgan muddati koʻrsatilgan maʼlumotnoma
  5. Yashovchi shaxslar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma
  6. Turar joyda yashovchi shaxslar koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma
  7. Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha bir oʻzi yashashi (roʻyxatdan oʻtkazilganligi) toʻgʻrisida maʼlumotnoma
  8. Fuqaroning yolgʻiz yashayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
  9. Oila aʼzolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
  10. 80 yoshga toʻlgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan keksa yoshdagi odamni parvarish qilgan vaqtni tasdiqlovchi maʼlumotnoma
  11. Qaramogʻida mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari borligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
  12. Vafot etgan boquvchining qaramogʻidagi oila aʼzolari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
  13. Vafot etgan xodim bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
  14. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida ishlovchi fuqarolarning bandligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
  15. Shaxs haqiqatan nogironni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
  16. Ishsizlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
  17. Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush oʻrtogʻi, buvasi, buvisi, aka-ukasi yoki opa-singlisidan biri vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar parvarish qilish bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma. 
  18. Vafot etgan shaxsning ota-onalari, turmush oʻrtogʻi yoki oilaning boshqa aʼzosi vafot etgan shaxsning uch yoshga toʻlmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
  19. Xodimning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
  20. Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning fotosurati yopishtirilgan maʼlumotnoma
  21. Vasiylikka olinganlarni taʼminlash va ularni zarur darajada parvarishlash boʻyicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
  22. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun maʼlumotnoma
  23. Shaxsiy yordamchi xoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
  24. Oʻzi tayyorlagan tovarlarning chakana savdosi bilan shugʻullanishi uchun sharoitlar mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
  25. Kasallikka chalingan (sil, teri-tanosil kasalliklarining ogʻir koʻrinishi, qandli diabetning yiringli yalligʻlanishi, psoriaz) ayollarning alohida xonada yashashi kerakligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
  26. Kam taʼminlangan oilada yolgʻiz oʻzi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
  27. Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarning tavsifi bilan maʼlumotnoma
  28. Dafn oʻtkazilganligi holatini tasdiqlash uchun maʼlumotnoma

Shuningdek, prezident qarorida aytilishiga koʻra, 1 yanvardan boshlab davlat muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari orasida hujjat aylanishi qogʻoz koʻrinishida emas faqat elektron koʻrinishda amalga oshiriladi.

2021 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston qogʻoz koʻrinishdagi blanklardan toʻliq voz kechishga qaror qilgan. 

Asosiy mavzular