07:35 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
15901

“Axborot madaniyati” ANT direktori Ivan Begtinning soʻzlariga koʻra, qogʻoz koʻrinishi oʻrnidagi raqamli hujjatlar ham qattiq disk singan vaqtda yoʻqolib ketishi mumkin.

“Axborot madaniyati” ANT direktori Ivan Begtin Sputnik radiosi efirida qogʻoz koʻrinishidan raqamli hujjat aylanishiga oʻtishda Oʻzbekiston qanday xavf-xatarga duch kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Uning fikriga koʻra, odatdagi qogʻoz koʻrinishidagi maʼlumotlarni elektron tizim orqali avtomatlashtirish mumkin. Biroq, har qanday holatda ham jarayonlarning oʻzini oʻzgartirish lozim.

Begtin zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish lozim deb hisoblaydi.

“Elektron imzo qanday tuzilganini tushunish lozim boʻladi. Bu kundalik ish odatlarining oʻzgarishidir. Qolaversa, hujjatlarni qogʻoz va raqamli koʻrinishda arxivlashtirish kuchli farqlanishini tushunish kerak. Toʻgʻri, raqamli hujjatlar yonmaydi, lekin notoʻgʻri saqlash yoki sinib qolgan qattiq disk tufayli yoʻqolib qolishi yoki yoʻq boʻlib ketishi mumkin”,  -deya qoʻshimcha qildi u.

Begtinning fikriga koʻra, raqamli hujjat yuritishga oʻtishning barcha xavf-xatarlarini inobatga olmoq kerak.

“Hozirda faqat qachon va qanday qilib oʻtish masalasi turibdi. Oʻzbekiston – katta mamlakat va bu qiyin vazifa” – dedi u.

U Rossiyada ham barcha organlar haligacha bu tizimga oʻtmaganini qoʻshimcha qildi. Chunki bu uzoq davom etadigan ogʻriq jarayondir.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev tegishli davlat organlari 2021 yil 1 yanvarga kelib qogʻoz koʻrinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni toʻldirishdan toʻliq voz kechishlari toʻgʻrisida topshiriq bergan edi.

2020 yil 1 martga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati boʻyicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini kiritish topshirilgan.

Teglar:
raqamli imzo, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular