Toshkentda katta va kichik go‘r qazish tariflari ishlab chiqildi

© Sputnik / Iskandar AminovNa musulmanskom kladbishe v Dushanbe.
Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflari ishlab chiqildi. Hujjat umumiy muhokamaga qo‘yildi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Toshkentda go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflari ishlab chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi qabriston nazoratchisi Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

Qayd etilishicha, “Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflari quyidagicha belgilanmoqda:

1. Tegishli diniy konfessiya qabristonlarida fuqarolarga (tashkilotlarga) dafn uchun uchastkalar berish m² bepul.

2. Katta bir kishilik go‘r  115000 so‘m, kichik bir kishilik go‘r 45000 so‘m.

3. Qabristonlarda boshqa dinga mansublar uchun katta bir kishilik go‘r qazish 90000 so‘m,  kichik go‘r 45000 so‘m. Raqamli ustuncha dona – 30000 so‘m.

Shuningdek, musulmon diniga mansublar uchun tobutlar tayyorlash 1,9 metr dona – 1.200 000 so‘m, sartaxta dona – 950 000 (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum) so‘m.

Mujchini na otkritii yevreyskogo kladbisha v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi Yahudiylar qabristonida xotira yodgorlik majmuasi ochildi

4. Taxtalik transport qutisi tayyorlash 1,9 - 2,2 metr dona – 700 000 (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum) so‘m.

5. Zichlangan tola qog‘ozlik tobut (grob) tayyorlash — 1,7 - 1,75 metr dona – 170000 so‘m, 1,8 - 1,85 metrli donasi –  200000 so‘m, 1,9 - 2,2 metr donasi – 220000 so‘m.

6. Zichlangan tolali qog‘ozdan tayyorlangan tobutni (grob) ruxlangan tunuka bilan qoplash —   1,9 - 2,2 metr dona – 350000 so‘m.

7. Ruxlangan tobutlar (grob) uchun taxta sinchli zichlangan tolali qog‘ozdan transport qutisi tayyorlash —  1,9 - 2,2 metr dona – 500000 so‘m.

8. Maxsus transportdan foydalanish — PAZ – 672, "OTAYOL" M – 24, "FOTON"  soatiga – 60000 so‘m.

9. Yodgorlikni qabr ustidan buzib olish — 250000 so‘m.

10. Gulchambarlar tayyorlash — dumaloq (1,6 x 1,2 mert) dona – 230000, kichik romb (1,25 x 0,75 metr) dona – 100000 so‘m.

11. Fuqarolar arizasiga asosan va tegishli mutasaddi tashkilotlarning ruxsati bilan eksgumatsiya ishlarini amalga oshirish — 1 qabr 100000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, qabrning chuqurligini belgilashda dafn etish usuli, diniy xususiyatlar va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0