07:14 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
389 0 0

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta mahalliy mutaxassislar tomonidan bosh miyada endoskopik jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy markazining Namangan filialida, Oʻzbekistonda ilk bor bosh miyada jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Xalq soʻzi nashri. 

“Nafaqat muassasa, balki respublika jarrohligi tarixida ilk bor bosh miyada olib borilgan neyroendoskopik amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi”, - deyilgan xabarda.  

Ushbu operatsiyani xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib kelgan neyrojarroh Saydullo Sharifboyev tomonidan amalga oshirilgan. Murakkab operatsiya Germaniyaning “Karl Shtorts” kompaniyasida ishlab chiqarilgan “Neyroendoskop” apparati yordamida amalga oshirilgan.

“Bemorni bezovta qilayotgan kasallik boʻyicha burun va sfenoidal boʻshliq orqali kirilib, gipofiz bezi oʻsmasi bartaraf etildi. Butun amaliyot jarayoni monitorda aks etib turdi. Va bir yarim soat davom etgan murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi”, - deydi operatsiya haqida shifokor.

Endoskopik opeartsiyaning afzalligi shundaki – operatsiya jarayonida bemorga tanasiga minimal taʼsir koʻrsatiladi. Bosh miya sohasida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun bu yanada muhim ahamiyatga ega.

Maʼlumot uchun, shu kunga qadar oʻzbekistonlik bemorlar bosh miyada jarrohlik operatsiyasi oʻtkazish uchun Rossiya va boshqa chet mamlakatlarga borishga majbur boʻlishayotgan edi. Shavkat Mirziyoyev 2017 yil boshida Sogʻliqni saqlash vazirligiga xorijda amalga oshirilayotgan murakkab operatsiyalarni Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini topish vazifasini qoʻygan edi.

Asosiy mavzular