“Men albatta harbiy bo‘laman” nomli estafeta g‘oliblari aniqlandi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta
V Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston va Xorazm yoshlari o‘rtasida “Men albatta harbiy bo‘laman” nomli harbiy-sport estafeta o‘tkazildi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag‘ishlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm yoshlari Nukus garnizonidagi harbiy qismning mini poligoni bazasida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining kubogi uchun “Men albatta harbiy bo‘laman” nomli harbiy-sport estafetasida o‘zaro kuch sinashdi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta
“Men albatta harbiy bo‘laman” nomli estafeta g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta

Harbiy okrug qo‘shinlarida 2019-yildan an’anaga kirgan mazkur musobaqada yoshlar razvedkachilarning to‘siqli yo‘lagini yengishi, granatani uzoqlikka uloqtirishi, nishonlarga qarata pnevmatik miltiqdan o‘q uzishi va yana bir qancha sinovlarga boy bo‘lgan sinovlarda bellashgandi. Ushbu musobaqalarda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev qo‘mondon kubogi uchun bahslarni muntazam o‘tkazishni, harbiy estafetalarda ishtirok etishlari uchun yoshlarga hamma sharoit yaratishni va’da bergan edi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta
“Men albatta harbiy bo‘laman” nomli estafeta g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta

O‘tgan yili oktabr oyida dastlab Nukus shahridagi 10 ta maktab jamoalari, so‘ng dekabr oyida Urganch shahridagi 10 ta maktablari o‘rtasida tashkil etilgan harbiy-sport estafeta yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, sportga qiziqishini orttirish hamda katta hayotga tayyorlash maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, prezident o‘tgan yili Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismga tashrifi davomida yoshlar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalarini Mudofaa vazirligi tomonidan ko‘proq tashkil etish vazifasini belgilab bergan edi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta
“Men albatta harbiy bo‘laman” nomli estafeta g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Nukuse sostoyalas voyenno-sportivnaya estafeta

Bu safargi bellashuv final bahsi bo‘lib, unda Nukus va Urganch shaharlarida o‘tkazilgan musobaqalarda eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 tadan maktab jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqani okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Shavkat Eshchanov ochib berdi va bellashuv ishtirokchilarini qutladi.

Kichik dala o‘quv maydonida qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan estafeta yoshlarning jamoa bo‘lib harakat qila olishini ko‘rsatib berdi. Musobaqa shartiga ko‘ra ishtirokchilar razvedkachilarning to‘siqli yo‘lagidan o‘tib, zenit qurilmasining mo‘ljalga olish optik moslamasini nishonga to‘g‘irlash, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, granatani uloqtirish, pnevmatik miltiqdan merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazish, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya vositalarini kiyishi, shartli yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatishi va radioaloqani ishga hozirlashi zarur edi.

Vpervie v masshtabe Ministerstva oboroni provedeno sorevnovanie “Razvedivatelniy reyd” - Sputnik O‘zbekiston
Ilk bor o‘tkazilgan “Razvedka reydi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Har bir jamoadan 3 nafar o‘g‘il va 3 nafar qiz bolalar qatnashgan bahslar davomida havo harorati past bo‘lishiga qaramasdan ishtirokchilarning g‘alabaga bo‘lgan ishonchi so‘nggi daqiqalargacha namoyon bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining kubogi uchun kechgan final bellashuvida Urganch shahridagi 28-umumta’lim maktabi o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Nukus shahridagi 19-son va 36-son maktab o‘quvchilari o‘zaro bo‘lishib olishdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining kubogi va faxriy yorliqlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi nomidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan estafeta ishtirokchilariga restoranda bayramona tushlik hamda I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0