15:59 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
113 0 0

Etsuaki Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yaponiyalik mutaxassis Etsuaki Yoshida ish boshladi.

Vazirlik xabarida yozilishicha, yaponiyalik mutaxassis Axborot texnologiyalari korxonalarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish bilan shugʻullanadi.

Etsuaki Yoshida 1971 yil Yaponiyada tugʻilgan va mehnat faoliyatini Yaponiya bankida boshlagan. Etsuaki Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Etsuaki Yoshida bugungi kunga qadar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki Kredit, baholash va xatarlarni boshqarish guruhi Mamlakatni kreditlash departamenti 3-boʻlim direktori va bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan.

Asosiy mavzular