10:49 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
227 0 0

Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondidan 21 dona Naxshab tangalari oʻrin oldi. Tangalar eramizning IV-VI asrlariga taalluqli boʻlib, Janubiy Sugʻd tangalari hisoblanadi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondidan 21 dona Naxshab tangalari oʻrin oldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Oʻzbekiston oʻzining tarixiy va madaniy boyliklarga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyatining turli hududlaridan topilayotgan tarixiy va madaniy boyliklar jamoatchilik hamda dunyo ahli vakillarini tez-tez hayratga solmoqda.

Qayd etilishicha, topilgan mazkur tangalar eramizning IV-VI asrlariga taalluqli boʻlib, Janubiy Sugʻd tangalari hisoblanadi.

Starinnыe monetы nashli v Kashkadaryo
Ministerstvo Kulturы Uzbekistana
Starinnыe monetы nashli v Kashkadaryo

Bir xil nominaldagi tangalarda oʻz davriga xos boʻlgan tasvirlar tushirilgan. Masalan, tangalardan  birining avers qismida Naxshab hokimining chapga qarab turgan tasvirini koʻrish mumkin. Yuzining ancha choʻziqligidan u eftalitlar qiyofasiga mansub hukmdor degan xulosaga kelinmoqda.

Shuningdek, yana bir tangada sochi turmakli hukmdor orqa oyoqlarida turgan sherga kalta qilich sanchayotganligini koʻrish mumkin.

Hayvon dumi yuqoriga qayrilgan, u hukmdor qoʻlidagi kalta qilichni old oyoqlari bilan urib tushirmoqchi boʻlib turibdi. Hukmdorning egnida tizzagacha tushadigan, chamasi, himoya qiluvchi yopinchigʻi aks etgan.

Tangada shuningdek, yaqin Sharqlik Marduk bilan Tiamataning yakkama-yakka olishuvi manzarasini, podshohning afsonaviy mahluq ustidan gʻolib kelishi manzarasini koʻrish mumkin.

Ushbu tasvir hukmdorning Naxshabda IV-VI asrlarda siyosiy, diniy hokimiyatga ega boʻlish huquqining qonuniyligini ifoda etgan deyilmoqda xabarda.

Asosiy mavzular