12:33 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
284 0 0

2022 yil 1 yanvarga qadar atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalardan namunalar olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stantsiyalar oʻrnatish, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlarini joylashtirish maqsad qilingan.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha tsement ishlab chiqaruvchi korxonalarga  avtomatik stantsiyalar oʻrnatish rejalashtirilgan. Ushbu avtomatik stantsiyalar tsement zavodlaridan chiqadigan zararli moddalarni tahlil qiladi. Bu haqda 14 yanvar kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, atrof muhitning barcha komponentlariga taʼsir qiluvchi asosiy ifloslantiruvchi moddalar chang va mayda dispersli qattiq zarrachalar hisoblanadi.

2019 yilning oktyabr oyida 13 ta tsement ishlab chiqarish korxonalariga tutash hududlar atrofidan atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli tashlamalar boʻyicha namunalar olinib, tahlillar oʻtkazilgan. Tahlil natijalari 5 ta korxonaga tutash hududlar atrofidagi atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan meʼyordan yuqori ekanligini koʻrsatgan.

Bu koʻrsatkich Qoraqalpogʻistondagi “Titan cement” qoʻshma korxonasida 1,06-4,6 marta, “Karakalpak cement” qoʻshma korxonasida 6,06 marta, Fargʻona viloyatidagi  “Turon eco cement group” korxonasida 1,68-1,8 marta, “Yaypanggips” korxonasida 1,7-1,86 marta va “Fergana sement” qoʻma korxonasida 1,16-1,36 marta yuqori boʻlgan. 

Shunga koʻra, Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Tsement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Unda 2022 yilgacha boʻlgan muddatda  Oʻzbekiston Ekologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi analitik laboratoriyalarning moddiy texnika taʼminotini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari barcha tsement ishlab chiqarish korxonalariga 2022 yil 1 yanvarga qadar atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalardan namunalar olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stantsiyalar oʻrnatish, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlarini joylashtirish maqsad qilingan.

Ushbu punktlar xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar mablagʻlari hisobidan oʻrnatiladi.


Asosiy mavzular