20:38 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
424 0 0

Qarzdor “Joʻrabek Agroinvest qoʻshuv” MCHJdan soliq qarzdorligi va davlat bojlari hamda ijro yigʻimi uchun 645 mln. soʻm naqd pul mablagʻlari undirilgan.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. MIB Yangiyoʻl tuman DSI foydasiga 1 kunda 645 mln. soʻm undirib berdi. Bu haqda Respublika Majburiy ijro byurosining axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Joʻrabek Agroinvest qoʻshuv” MCHJdan Yangiyoʻl tuman DSI foydasiga soliq qarzi va davlat boji undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻlim ish yurituviga kelib tushgan.

Shunga koʻra joriy yil 14 yanvar kuni, Majburiy ijro byurosining Yangiyoʻl tumani boʻlimi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Natijada qarzdor “Joʻrabek Agroinvest qoʻshuv” MCHJdan soliq qarzdorligi va davlat bojlari hamda ijro yigʻimi uchun  645 mln. soʻm naqd pul mablagʻlari undirilgan.

Asosiy mavzular