15:49 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
353 0 0

2020 – 2022 yillarda Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, 2023 – 2026 yillarda respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yigʻishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etish jadallashtiriladi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori 14 yanvar kuni qabul qilindi.

Unga koʻra birinchi bosqichda (2020 – 2022 yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, ikkinchi bosqichda (2023 – 2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yigʻishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etish jadallashtiriladi.

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini Moliya vazirligi tomonidan qoplab berish amaliyoti 2020 yilda saqlab qolinadi.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga istisno tariqasida tender oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olishga, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Shuningdek, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomala (import) uchun chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQS toʻlashni 270 kun kechiktirib amalga oshirishga ruxsat berildi.

Asosiy mavzular