04:33 02 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
595 0 0

Yarmarkada Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Bolgariya vakillari oʻzbekistonliklarga oʻz takliflarini taqdim etishdi.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor chet elda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi oʻtkazildi, deb xabar qildi Mehnat va bandlikni taʼminlash vazirligi.

"2020 yil 15 yanvar kuni Andijon hamda Qashqadaryo viloyatida tashkillashtirilgan yarmarkalarda xorijlik ish beruvchilar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilishdi", - deyiladi xabarda.

Yarmarkada Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Bolgariya vakillari oʻz takliflari bilan ishtirok etdi. Shuningdek ularning qatorida mamlakatda faoliyat yuritadigan 20 ga yaqin xususiy bandlik agentligi vakillari ham qatnashdi.

Yarmarkaga tashrif buyurgan mingdan ziyod fuqaro esa jami 150 ga yaqin yoʻnalishda 9000 dan ziyod xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot olish imkoniga boʻldi.

Yarmarkada ishtirok etgan 500 nafarga yaqin fuqaro ish beruvchilar taqdim etgan ish oʻrinlarida faoliyat koʻrsatish istagini bildirdi.

Bu kabi yarmarkalar yurtimizda xavfsiz, tartibli, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

Asosiy mavzular